Rasmiy munosabat

31.01.2023 1747

Ijtimoiy tarmoqlarda yurtimizdagi dorixonalarda Hindistonning "Marion Biotech Pvt. Ltd" kompaniyasiga tegishli “Travamaks” va “Sinepar Kid” siropi hali ham sotilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.

Sog‘liqni saqlash vazirining 2023 yil 2 yanvardagi 24-41821-son ko‘rsatma xatiga binoan, “Quramax Medical” MCHJ tomonidan 2022 yil mamlakatimiz hududiga olib kirilgan Hindistonning "Marion Biotech Pvt. Ltd" kompaniyasiga tegishli barcha dori vositalarining sotilishi vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Ayni kunlarda ushbu preparatlarni vaqtincha qo‘llamaslik yuzasidan barcha zarur choralar ko‘rilmoqda. Qolaversa, mazkur dori vositalari chuqur laborator tekshiruvlaridan o‘tkazilmoqda. Tahlil natijalari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot taqdim qilinadi.

Davlat markazi Axborot xizmati