“Fluke Biomedical” Amerika kompaniyasi vakili “Davlat markazi”ga tashrif buyurdi

02.12.2022 2217

So‘ngi yillarda yurtimizda metrologiya sohasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Kundan kunga bu soha yana-da tez rivojlanib, tobora takomillashib bormoqda. 

Taʼkidlash joiz, metrologiya faoliyatini jadal rivojlanyotganini tibbiy o‘lchash vositalarini tibbiyotda foydalanilayotganligi,  sohada ishlab chiqaruvchi mahalliy va xorijiy korxonalarning soni keskin oshib borayotganligi hamda xususiy davolash profilaktika muassasalarining zamonaviy tibbiy o‘lchov vositalari asosida tashxis qo‘yib bemorlar dardiga malham bo‘layotganligida ko‘rishimiz mumkin.

Yurtimizda tibbiy o‘lchash vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish, qiyoslash xizmatlariga talab ortib borayotganligi yuzasidan joriy yilning 1-dekabr kuni “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi” DUKda Qiyoslash laboratoriyasi faoliyatini yana-da rivojlantirish maqsadida Amerikalik mutaxassis bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Markaz taklifiga binoan O‘zbekistonga tashrif buyurgan, yuqori aniqlik bilan o‘lchaydigan namunaviy o‘lchash vositalarini ishlab chiqaruvchi “Fluke Biomedical” Amerika kompaniyasining maʼsul xodimi Ala Albadri bilan o‘tgan uchrashuvda bir qator masalalar muhokama qilindi. Jumladan, tibbiyotda metrologiya sohasida qo‘llaniladigan namunaviy o‘lchash vositalarini xarid qilish, Qiyoslash laboratoriyasi xodimlarini malakasini oshirish va yangi zamonaviy qiyoslash-sinash metodlarini hamkorlikda ishlab chiqish ishlari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi. 

Maʼlumot uchun, 1948 yilda tashkil etilgan “Fluke Biomedical” Amerika kompaniyasi o‘lchash uskunalari va o‘lchash texnologiyalari sohasida jahonda yetakchi hisoblanadi. 

Kompaniya mahsulotlaridan dunyoning 200 dan ortiq mamlakatida 40 milliondan ortiq muhandis va texniklar foydalanib kelmoqda. Shuningdek ushbu kompaniya dunyodagi yagona ajratib olinadigan displeyli raqamli multimetr “Fluke-233” o‘lchov asbobini yaratuvchisi hisoblanadi.

Davlat markazi Axborot markazi