Umumiy qiymati 15.3 mlrd so‘m bo‘lgan farmatsevtika mahsulotlariga sertifikat berish rad etildi

08.11.2022 2088

2022 yilning oktyabr oyi davomida Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazining Tibbiy mahsulotlarni sertifikatlashtirish markaziy organiga bo‘lgan murojaatlar asosida taqdim qilingan farmatsevtika mahsulotlari belgilangan tartibda sertfikatlashtirish uchun tekshiruvdan o‘tkazildi. 

Ekspertiza natijasiga ko‘ra Shvetsariya, Hindiston, Rossiya, Ispaniya, Belorussiya, Ruminiya, Italiya, Xitoy, Armaniston davlatlari hamda yurtimizda ishlab chiqarilgan 31 turdagi 365776 o‘ram (206176 o‘ram dori vositasi va 159600 o‘ram tibbiy buyum) umumiy qiymati 15.3 mlrd so‘m bo‘lgan farmatsevtika mahsulotlari sertifikatlashtirish jarayonida nomuvofiqligi aniqlanib qo‘llash uchun yaroqsiz deb topildi va sertifikatlashtirilishi rad etildi.

Eslatib o‘tamiz, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiyot texnikalari uchun berilgan muvofiqlik sertifikatlari haqida Davlat markazining rasmiy veb sayti (Yagona axborot tizimi)dan maʼlumot olishingiz mumkin.

Davlat markazi Axborot xizmati