“O‘zbekiston farmatsevtik xabarnomasi” ilmiy-amaliy farmatsevtika jurnali - 26 yoshda!

18.10.2022 1843

Inson salomatligiga bevosita taʼsir ko‘rsatuvchi dori vositalari muomalasini isteʼmolchilar huquqlarini himoya qiluvchi mavjud huquqiy mezonlar asosida tashkil etish, buning uchun sohaga tegishli barcha hujjatlarni to‘plash, ularni mutaxassislarga, farmatsevtika va Sog‘liqni saqlash tashkilotchilariga, farmatsevtika va tibbiyot sohasidagi tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi ilmiy xodimlar, shifokorlar va farmatsevtlarga, tibbiyot va farmatsevtika oliy o‘quv yurtlari talabalari va o‘qituvchilariga  yetkazish maqsadida "Dori vositalari tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi" DUK taʼsisligida har yili “O‘zbekiston farmatsevtik xabarnomasi” ilmiy-amaliy farmatsevtika jurnali chop etib kelinadi.

Maʼlumot uchun ushbu jurnal ommaviy axborot vositasi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lib, ilk bor 1996 yilda chop etilgan. 2010 yil 6 avgust sanasida jurnalga Milliy Savdo palatasi (hozirda Savdo-sanoat palatasi) tomonidan Xalqaro standart seriya raqami ISSN 2181-0311 berilgan. Shuningdek, mazkur jurnal Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan “Dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati”ga kiritilgan.   

Taʼkidlash joiz, har chorakda nashr qilinadigan “O‘zbekiston farmatsevtik xabarnomasi” jurnali nafaqat bizning respublikamizda, balki uning tashqarisida ham, tibbiyot va farmatsevtika sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislarning keng doirasida qiziqish bilan o‘qiladi.

Eslatib o‘tamiz, jurnalning elektron variantini “Dori vositalari, tibbiy buyumlari va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi Davlat markazi” DUKning rasmiy veb-saytidan yuklab olishingiz mumkin.

Damira Sagatova
“Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va  standartlashtirish Davlat markazi” DUK Matbaa bo‘lim boshlig‘i