Toshkent Yevroosiyo farmatsevtika sammitiga ikkinchi bor mezbonlik qilmoqda

12.10.2022 2202

Poytaxtimizda "Global Pharmaceutical Leaders‘ Club" tomonidan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan II Yevroosiyo farmatsevtika sammiti bo‘lib o‘tmoqda.

Bu yilgi sammit dasturidan xalqaro miqyosdagi ekspertlar hamda yirik kompaniya va tartibga soluvchi organlarning vakillari bilan davra suhbatlari, muhokamalar shuningdek, distribyutorlar va dorixonalar tarmoqlari mutaxassislari bilan yakkama-yakka uchrashuvlar joy egallagan.

Taʼkidlash joiz, Hilton mehmonxonasi anjumanlar zalida bo‘lib o‘tayotgan mazkur anjumanda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev boshchiligida Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar rahbar xodimlari va soha mutaxassislari ishtirok etishmoqda.

Sammitning birinchi kunida Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Egamov, "Zarur amaliyotlar markazi" DUK direktori Aziz Dusmatov, "Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi" DUK direktorining birinchi o‘rinbosari Amirxon Azimov, Davlat markazining Farmakologiya qo‘mitasi raisi Saidamir Saidov, Farmakologik nazorat bo‘limi boshlig‘i Elvira Svechnikova shuningdek Agentlikning Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i Gulnora Zufarova hamda Agentlik direktori maslahatchisi Muhabbat Ibragimovalar turli mavzularda taqdimot o‘tkazishdi va sohada amalga oshirilayotgan ishlar xususida maʼruza qilishdi.

Davlat markazi Axborot xizmati