"Tibbiyotdagi islohotlar inson qadri uchun" mavzusida sayyor qabul o‘tkazildi

10.10.2022 2365

Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tizimini yana-da takomillashtirish, fuqarolar muammolari bilan ishlashni samarali tashkil etish, sog‘liqni saqlash sohasida yechimini kutayotgan masalalarni o‘rgangan holda joyida, tezkor hal etish maqsadida joriy yilning 8 oktyabr kuni Xalq qabulxonalari, vazirliklar, idoralar, shahar-tuman hokimliklari va hududiy tashkilotlar a ishtirokida ommaviy qabul o‘tkazildi.

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti hududida tashkil etilgan mazkur sayyor qabulda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev boshchiligida Agentlik va uning tizimidagi tashikilotlar rahbar xodimlar ishtirok etishdi.

Qabul davomida fuqarolarning dorixona ochish, farmatsevtik faoliyatni litsenziyalash hamda dori vositalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha murojaatlari Agentlik mutasaddilari tomonidan joyida hal qilindi. Shuningdek, sohada tadbirkorlar va fuqarolar duch kelayotgan muammolarni tizimli ravishda hal etish yuzasidan maʼsul xodimlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Davlat markazi Axborot xizmati