YOII Farmakopeya qo‘mitasining navbatdagi majlisi o‘tkazildi

03.10.2022 2218

Joriy yilning 29 sentyabr sanasida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Farmakopeya qo‘mitasining 52-son majlisi onlayn formatda o‘tkazildi.

Yig‘ilishda YEOIIga aʼzo davlatlardan: Rossiya, Qozog‘iston, Belorussiya, Qirg‘iziston, Armaniston va kuzatuvchi davlatlardan: Moldaviya, Kuba va O‘zbekistondan bir qator mutaxassislar jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasining Bosh muharriri Xabibulla Djalilov boshchiligida tahririyat kengashi kotibiyati aʼzolari ishtirok etishdi.

Kun tartibida ko‘zda tutilgan “Dori vositalarining biologik sinovlari natijalarini statistik qayta ishlash” umumiy farmakopeya maqolasi Farmakopeya qo‘mitasiga aʼzo davlatlari tomonidan kiritilgan taklif va mulohazalar bilan qayta ishlangan holda qo‘mitaning oktyabr oyida o‘tkaziladigan majlisi kun tartibiga kiritish taklif etildi.

Shuningdek, majlisda ishlab chiquvchisi Belarus Respublikasi bo‘lgan "Nuklein kislotalarni amplifikatsiya usullari; Steril mahsulotlarni tayyorlash usullari; F konsepsiyalarni termik sterilizatsiyada qo‘llash" nomli farmakopeya maqolalari Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Farmakopeyasining qayta ishlangan umumiy farmakopeyasiga kiritish uchun qayta ko‘rib chiqilib, muhokama qilindi.

Muhokama jarayonida berilgan takliflarni inobatga olgan holda yuqorida ko‘rsatilgan umumiy farmakopeya maqolalariga tegishli to‘ldirishlar kiritilib, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Farmakopeyasiga kiritishga qaror qabul qilindi.

Davlat markazi Axborot xizmati