Bolgariya davlatining "DANHSON-BG MCHJ kompaniyasi taklifiga binoan, shu yilning 19-22 sentyabr kunlari FTRA huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” Raqamli texnologiyalarni joriy etish va axborot xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Agzam Nartayev hamda Referent narx shakllantirish tizimi doirasida dori vositalariga cheklangan narxlarni qayd etish bo‘limi boshlig‘i Ravshan Hamidovlar xizmat safari bilan Bolgariya Respublikasida bo‘lishdi.
Tashrif davomida "DANHSON-BG MCHJ rahbariyati va mutaxassislari bilan mahsulotlarni kuzatish tizimini joriy etish hamda dori vositalariga referent narxlarni qayd etish bo‘yicha xalqaro tajriba, shu bilan birga, axborot tizimlari integratsiyasi xususiyatlari bo‘yicha tashkilotlarning amaliy ko‘nikmalarini o‘rganishga qaratilgan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Bo‘lib o‘tgan mazkur uchrashuvlar davomida "DANHSON-BG MCHJ bilan birga “SoftGroup” kompaniyasining ishlab chiqarish faoliyati shuningdek, Bolgariya Respublikasining Dori vositalari bo‘yicha ijroiya agentligi amaliyoti bilan yaqindan tanishildi.
Davlat markazi Axborot xizmati