Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Fransiyaning Strasburg shahrida Yevropa farmakopeyasi 11-nashriga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi bosh muharriri Xabibulla Djalilov davlat farmakopeyasi 1-nashri, 2-jildining 3 qismdan iborat bo‘lgan kitob ko‘rinishdagi va elektron shakllarinin Sog‘liqni saqlash va dori vositalari sifati bo‘yicha Yevropa direktorati (EDQM) rahbariyatiga taqdim etdi.
Maʼlumot uchun, bugungi kunga nisbatan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan jami 30 dan ortiq hududiy va milliy farmakopeyalar eʼtirof etilib, Jahon farmakopeyalari va farmakopeya organlarining indeksiga («The Index of World Pharmacopoeias and Pharmacopoeial Authorities by World Health Organization») kiritilgan bo‘lib, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi ham mazkur indeksdan o‘rin egallagan.
Shuningdek, plenar majlisda Yevropa farmakopeyasi faoliyatiga oid ko‘plab chuqur tahliliy mavzular, jumladan, Yevropa Ittifoqining dori vositalariga nisbatan qonunchilikni shakllantirish muammolari, Yevropa farmakopeyasining 11-nashri to‘g‘risida, milliy farmakopeya organining faoliyati va boshqa masalalar to‘g‘risida spikerlar maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.
Konferensiyaning milliy farmakopeyalarni uyg‘unlashtirish mavzusida o‘tkazilgan seksion yig‘ilishida farmakopeya qo‘mitasi raisi Kamola Nuridullayeva Yevropa farmakopeyasining 9-, 10-nashrlari bilan uyg‘unlashtirilgan holda ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi 1-nashri, 1- va 2-jildlarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha maʼruza qildi.
Davlat markazi axborot xizmati