DVTBTTESDM faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholashdan o‘tkazishni tashkil qilish masalalari yuzasidan o‘quv-seminar o‘tkazildi

07.09.2022 2180

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” davlat unitar korxonasi (“Davlat markazi”) faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va va baholashdan o‘tkazishni tashkil qilish masalalari yuzasidan o‘quv-seminar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6-iyuldagi PK-5177-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi “Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 215-son qarori ijrosini hamda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2021 yil 6-sentyabrdagi 27-son “Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi”da Komplayens, moliyaviy nazorat va ichki audit xizmati (Xizmat) tashkil etildi.

Xizmat Davlat Markazi hamda uning hududiy filiallari faoliyatiga korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy qilish va nazorati, qonun hujjatlariga, taʼsis hujjatlariga va ichki hujjatlarga rioya qilinishini tekshirish va monitoring olib borish yo‘li bilan ular ishini nazorat qilish va baholash, maʼlumotlarning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettirilishining to‘liqliligi va ishonchliligini taʼminlash, xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va taomillari, aktivlarning saqlanishi hamda korporativ boshqarish prinsiplari joriy etilishi bo‘yicha nazorat va monitoring faoliyatini amalga oshiradi

Xizmat tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-240-son qarori asosida ishlab chiqilgan, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2022 yil 31 avgustdagi 2-son, Adliya vazirligining 2022 yil 31 avgustdagi 5-son qarorlari bilan tasdiqlanib, Adliya vazirligida 2022 yil 31 avgustda 3383-raqam bilan ro‘yxatga olingan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy bo‘linmalari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash Uslubiyoti” muvofiq “Davlat markazi” faoliyati bo‘yicha barcha korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholashdan o‘tkazishni tashkil qilish masalalari yuzasidan o‘quv-seminari o‘tkazildi.

O‘quv-seminarda mazkur uslubiy qo‘llanmalarning tegishli ilovalarida belgilangan shakllarda Davlat Markazida Korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritalari, Korrupsiyaviy xavf-xatarlarga eng ko‘p moyil bo‘lgan lavozimlar ro‘yxati, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturlarini korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘zda tutilgan holda ishlab chiqish yuzasidan batafsil tushuntirish berildi.

Xususan, ushbu ichki idoraviy hujjatlarni shakllantirishda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 dekabrdagi 993-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi to‘g‘risida”gi Nizomda “Davlat markazi” uchun belgilangan vazifa va funksiyalardan kelib chiquvchi barcha jarayonlar keng qamrab olinishi lozimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, ishlab chiqilgan korrupsiyaviy xavf-xatar xaritalari, korrupsiyaviy xavf-xatarlarga eng ko‘p moyil bo‘lgan lavozimlar ro‘yxati va shular asosida ishlab chiqilgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturlar ijrosini taʼminlash hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash bo‘yicha yig‘ilgan taklif, maʼlumotlar hamda amalga oshirilgan ishlar va ko‘rilgan chora-tadbirlar yuzasidan hisobotlarni belgilangan muddatlarda Davlat Markazi rahbariyatiga hamda Respublika Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “E-Anticor.uz” elektron platformasiga kiritib borilishi tartibi to‘g‘risida batafsil tushuncha berildi.

Davlat markazi Axborot xizmati