Сектор комплаенса и финансового контроля
“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” Davlat muassasiing idoraviy mansub tuzilmalari xodimlari va boshqa shaxslar, agar ular Markaz tizimi xodimlari xatti-harakatlarining qonuniyligi va (yoki) odob-axloqqa muvofiqligi to‘g‘risida shubha tug‘ilsa, korrupsiya va boshqa huquqbuzarlik holatlari sodir etilishiga gumon yoki sodir etilganligi faktlari bo‘lsa, ular bu haqda Markazning foydalanish mumkin bo‘lgan aloqa kanallari va saytga (uzpharmcontrolbot, uzpharm-control.uz) xamda ishonch telefoni raqami (1003) orqali xabar berishlari mumkin.
Markazning idoraviy mansub tuzilmalari o‘z vakolatlari va mavjud imkoniyatlari doirasida huquqbuzarlik to‘g‘risida ishonchli maʼlumot bergan shaxsning maxfiyligini taʼminlaydilar (qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno).
shahsning o’z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish.
Xodim tomonidan pora beruvchining manfaatlarini ko‘zlab harakat yoki harakatsizligi uchun bevosita yoki bilvosita, shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali porani yaʼni pul, qimmatbaho qog‘ozlar, boshqa mol-mulkni, mulkiy tusdagi xizmatlarni, boshqa mulkiy huquqlarni olish, talab qilish, taklif qilish, vaʼda qilish va berish, shuningdek, pora berish va (yoki) olishda vositachilik qilish, rasmiyatchiliklarni soddalashtirish uchun to‘lovlarni olish, xodim tomonidan pora olish yoki huquqqa xilof boshqa maqsadlarda o‘z xizmat mavqeidan noqonuniy foydalanish.
Korrupsiya belgilariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish.
Markazning tarkibiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimining shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir ko‘rsatayotgan yoxud taʼsir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda xodimning shaxsiy manfaatdorligi bilan Markazning o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat;
Korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni sodir etgan Markaz tizimi xodimlari o‘zining maqomi va egallab turgan lavozimidan qatʼiy nazar Markazning ichki hujjatlari va amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladilar