“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi davlat muassasasida mavjud vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimga o‘tkazishda tanlov asosida saralab olish to‘g‘risida Tartib”ga asosan Moliya va iqtisodiyot bo‘limi boshlig‘i hamda Axborot texnologiyalari bo‘limi bosh va 2 nafar
1-toifali mutaxassisi lavozimlari bo‘yicha ishga qabul qilish tanlovi e’lon qilinadi. Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak.
Moliya va iqtisodiyot bo‘limi boshlig‘iga lavozimiga talablar:
Bo‘lim boshlig‘i lavozimiga oliy ma’lumotga ega, moliyaviy faoliyatni tashkil qilish sohasida mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan shaxs tayinlanadi.
Axborot texnologiyalari bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimiga talablar:
1. Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi, 5 yildan kam bo‘lmagan umumiy mehnat stajiga ega bo‘lishi zarur.
2. Axborot texnologiyalari bo‘limi ish faoliyada zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, Axborot texnologiyalari bo‘limi bo‘yicha ish tajribasiga va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
3. davlat tilini mukammal bilish (rus va ingliz tillarini bilish, IELTS, TOEFL, IBT kabi sertifikatlarga egalik ustunlik beradi).
4. Na’munaviy shaxsiy fazilatlarga- intellect, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, tashkilot strategic maqsadlariga erishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lish.
Axborot texnologiyalari bo‘limining 2 ta 1-toifali mutaxassisi lavozimlariga talablar:
1. Oliy ma’lumot yoki o‘rta maxsus, 3 yildan kam bo‘lmagan umumiy ish stajiga ega bo‘lishi zarur.
2. Axborot texnologiyalari bo‘limi ish faoliyada zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, Axborot texnologiyalari bo‘limi bo‘yicha ish tajribasiga va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
3. Davlat tilini mukammal bilish (rus va ingliz tillarini bilish, IELTS, TOEFL, IBT kabi sertifikatlarga egalik ustunlik beradi).
4. Na’munaviy shaxsiy fazilatlarga- intellect, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, tashkilot strategic maqsadlariga erishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lish.
Ushbu lavozim bo‘yicha nomzodlar o‘z ma’lumotlarini web sayt yoki farmkomitet@ssv.uz pochtasiga yuborishlari mumkin.
Ushbu e’lon Tartibga asosan 7 kalendar kun mobaynida amal qiladi.