Ishga qabul qilish uchun tanlov

26.01.2024 341

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi davlat muassasasida mavjud vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimga o‘tkazishda tanlov asosida saralab olish to‘g‘risida Tartib”ga hamda 26.01.2024-yildagi 7-sonli buyrug‘ga asosan Inson resurslari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i  hamda Referent narx shakllantirish bo‘limi boshlig‘i lavozimi bo‘yicha ishga qabul qilish tanlovi e’lon qilinadi:

Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak.

Inson resurslari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga talablar:

Asosiy talablar:

1. Oliy ma‘lumotli va yuqori malakaga ega bo‘lgan mutaxassis, 10 yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lishi zarur;

2. Kadrlar  bo‘limi  ish faoliyatida  zarur bo‘lgan  kasbiy va tashkilotchilik  qobiliyatlariga, boshqaruv  ish tajribasi  va xodimlar bo‘limi bo‘yicha kamida  kamida 5 yillik ish stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi,  electron axborot-texnika vositalarida ishlash  ko‘nikma  va malakasiga ega bo‘lish.

3. Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik,  ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, tashkilot strategik maqsadlariga  erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi.

Bilishi kerak:

Sohaga oid O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarini, O'zbekiston  Respublikasi Prezidentining Fаrmоn va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Sog‘liqni  saqlash vazirligining buyruq va ko‘rsatmalari, Markaz direktori buyruqlarining  mohiyatini va ularni amaliyotga qo‘llashni;

O‘zbekiston  Respubikasi  Mehnat  Kodeksini, shaxsga doir ma’lumotlar  sohasidagi munosabatlar  tartibini, kadrlar bilan ishlashni, shaxsiy tarkibni hisobga  olish bo‘yicha yuqori turuvchi idoralarning buyruqlari va farmoyishlarini;

uslubiy, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa lokal hujjatlar loyihasini  tayyorlashni;

xodimlarni ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish, mehnat shartnomasini  bekor qilishni rasmiylashtirish tartibini;

mehnat daftarchalari va shaxsiy hujjatlarni yuritish va saqlash qoidalarini;

hisobotlarni rasmiylashtirish va tuzish tartibini;

xodimlar bilan o‘zaro  muomalada  axloqiy  va nutq  madaniyatini;

professional mahoratini doimiy takomillashtirib borish yo‘llarini;

mehnatni muhofaza  qilish,  texnika  xavfsizligi,  ishlab chiqarish  sanitariyasi va yong‘indan saqlash qoidalari va me’yorlarini;

elektron-axborot vositalarida ishlash va electron tizim dasturlaridan  foydalanishni.

Referent narx shakllantirish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga talablar:

Bo‘lim boshlig‘i lavozimiga oliy ma’lumotli (farmatsevtika, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot, moliya, yurisprudensiya, va boshqalar) yuqori malakali, 3 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lgan mutaxassis shaxslar tayinlanadi.

Bo‘lim boshlig‘i o‘z faoliyatida quyidagilarni bilishi zarur:

Normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash va ularni amaliyotga tatbiq etish.

Markaz rahbariyat tomonidan belgilangan vazifalarni ish vaqtida samarali rejalashtirgan holda bajara olish. Xodimlar zahirasini shakllantirish va tayyorlash usullarini bilishi. Kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalaridan erkin foydalana olish. Ma’lumotlarni, hisobotlarni tahlil qilish, mustaqil fikrlash, g‘oyaviy ijodkorlik, jamoa bilan ishlash, mas’uliyatli, talabchanlik ko‘nikmalariga ega bo‘lishi hamda o‘zbek va chet tillarini mukammal bilishi lozim.

Ushbu lavozim bo‘yicha nomzodlar o‘z ma’lumotlarini web sayt yoki farmkomitet@ssv.uz pochtaga yuborishlari mumkin.

Ushbu e’lon Nizomga asosan 7 kalendar kun mobaynida amal qiladi.