“Farmatsevtika sohasini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoniga muvofiq, 2024-yil 1-iyuldan boshlab:
☑️ Dori vositalari va tibbiy buyumlarni tayyorlovchi, ulgurji hamda chakana realizatsiya qiluvchi tashkilotlarda ularga berilgan litsenziya talablariga rioya etilishini bir yilda ko'pi bilan bir marotaba vakolatli organni xabardor etish orqali nazorat qilish tartibi joriy etiladi (jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan amalga oshiriladigan nazorat tadbirlari bundan mustasno);
☑️ dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarni teleradiokanallar orqali reklama qilish uchun ishlab chiqilgan kontent SSV tomonidan berilgan xulosa asosida efirga uzatiladi;
☑️ yangi tashkil etiladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar saqlanadigan bojxona omborlari va erkin omborlar majburiy ravishda "Zarur saqlash amaliyoti - GSP" talablariga muvofiq tashkil etiladi.