Markazda Dr. Sule Fanuvong ishtirokida maslahat uchrashuvi o'tkazildi

05.02.2024 1893

Xabaringiz bor, kuni kecha Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori A.Nartayev, Ch.Gumapas boshchiligida USAID delegatsiya vakillarini qabul qilgan edi.

Bugun mazkur tashrifning mantiqan davomi sifatida markazda AQSh Taraqqiyot Agentligining "PQM+" programmasi texnik direktori Dr. Sule Fanuvong ishtirokida maslahat uchrashuvi bo'lib o'tdi.

 

Norasmiy shaklda bo'lib o'tgan muloqotda markaz mutaxassislari Dr. Sule bilan 5-fevraldan start oladigan "Dori vositalarini CTD formati ro'yxatdan o'tkazish" bo'yicha seminar treningga tayyorgarlik ko'rish yuzasidan muhim mavzularni muhokama qildi.

 

Jumaladan, Farmatsevtika mahsulotlari xavfisizligi markazi faoliyatini rivojlantirish, sohaga jahon standartlarini joriy qilishda xodimlar malakasini oshirish, shuningdek, USAID ekspertlari tomonidan o'rganilgan mavjud holat bo'yicha takliflar tinglanib, o'zaro fikr almashildi.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi matbuot xizmati