2011-yildan buyon nojo'ya ta'sirlar yuzasidan 5 mingdan ortiq xabarlar o'rganilgan

07.11.2023 2753

Xabaringiz bor, joriy yilning 6-noyabr sanasidan butun jahonda dori vositalarining nojo‘ya samaralari haqida xabar berish muhimligi to‘g‘risida habardorlikni oshirish maqsadida, #MedSafetyWeek-2023 global kampaniyasi o'tkazilmoqda. Mazkur tadbirlarda dori vositalarini nazorat qiluvchi 85 dan ortiq agentliklar va bir qancha nodavlat tashkilotlar qatorida "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi ham faol ishtirok etmoqda.

Ma‘lumot uchun, #MedSafetyWeek haftaligi – Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning dori vositalarining xalqaro monitoringi markazi bilan hamkorlik qiladigan Uppsala (UMC)ning monitoring markazi tomonidan har yili o‘tkazib kelinadi. Kampaniya JSST va dori vositalarini boshqaruvchi organlar xalqaro koalitsiyasi(ICMRA) aʼzolari tomonidan qo‘llab quvvatlanadi.

“Kim xabar berishi mumkin?” mavzusiga bag‘ishlangan bu yilgi kompaniyada eʼtibor nojo‘ya samaralar haqida xabar berishdagi har bir bemor, shifokor, tibbiyot hamshirasi va farmasevtning asosiy roliga qaratilgan bo'lib, bundan ko'zlangan maqsad dori vositalarini xavfsiz qo‘llanilishiga yordam berishdir.

Taʼkidlash joiz, aholini dori vositalari bilan bog‘liq zararlardan himoya qilish bo‘yicha aniq chora – tadbirlarni belgilash maqsadida, Markazga kelib tushgan barcha hisobotlar puxta baholanadi va o‘rganiladi. Jumladan, 2011 yildan buyon nojo‘ya taʼsirlar yuzasidan kelib tushgan besh mingdan ortiq xabarlar sinchkovlik bilan o‘rganilgan bo‘lib, bunda bemorlar, ularni parvarish qiluvchi shaxslar, va tibbiyot xodimlar muhim o‘rin tutgan.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasi nojo‘ya samaralar to‘g‘risidagi xabarlarni E-mail: farmakonadzor@ssv.uz - elektron manzili; (71) 203-01-01 (ichki raqami- 2144) telefoni; 100002, Toshkent shahri, Ozod ko‘chasi, K.Umarova tor ko‘chasi, 16-uy manzili bo‘yicha yuborilishi zarurligi muhimligini alohida taʼkidlaydi.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi matbuot xizmati