Markaz mutaxassislari YEOII Farmakopeya qo‘mitasi yig‘ilishida ishtirok etdi

18.03.2025 368

Markaz mutaxassislari YEOII Farmakopeya qo‘mitasi yig‘ilishida ishtirok etdi

 

Joriy yilning 28-fevral kuni Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi (YEOII) Farmakopeya qo‘mitasining 77-son yig‘ilishi onlayn formatda bo‘lib o‘tdi. Ushbu xalqaro tadbirda Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Qirg‘iziston va Armaniston vakillari qatorida O‘zbekiston ham ishtirok etdi.

 

Yig‘ilishda mamlakatimiz nomidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi bosh muharriri, f.f.d., professor Xabibulla Jalilov hamda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish bo‘limi mutaxassislari qatnashdi.

 

Onlayn anjuman kun tartibida gomeopatik dori vositalari, dorivor o‘simlik xom ashyosi va boshqa farmakopeya maqolalariga oid dolzarb masalalar muhokama qilinib, YEOII Farmakopeyasidagi farmakopeya standartlarini xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilindi.