Dori vositalarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Bugun ZOOM platformasida “TEMUR MED FARM” MCHJ va "PHARMACOM MEDICINE” MCHJ mahalliy dori vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini berish jarayonlari muhokama qilindi. Shuningdek, farmatsevtika korxonalarining hozirgi kundagi holati, mavjud muammolari, taklif va savollari tinglanib, ma’sullar tomonidan atroflicha javob berildi.
Aytish joiz, mazkur muloqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad — mahalliy farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ular uchun huquqiy va texnik masalalar bo‘yicha tushuntirish berishdan iborat.