Markaz delegatsiyasi IMDRF doirasida xalqaro seminarda ishtirok etmoqda
Yaponiyaning Tokio shahrida Xalqaro tibbiy buyumlarni tartibga soluvchi organlar 27-forumi (IMDRF) oldidan tashkil etilgan xalqaro seminar o‘z ishini boshladi.
Unda AQSH, Saudiya Arabistoni, Paragvay, Malayziya, Nigeriya, Isroil, Chili kabi 20 ga yaqin davlatlarning regulyator organlari qatorida yurtimizdan Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alisher Temirov boshchiligida Markaz delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.
Vakillarimizning bu treningdagi ishtiroki – mamlakatimiz milliy farmatsevtika tizimini modernizatsiya qilish, tibbiy buyum va tibbiy texnikalar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek O‘zbekistonning regulyator tizimini global standartlarga integratsiyalashuvini jadallashtirish va xalqaro hamjamiyatda mamlakatimiz nufuzini oshirishga xizmat qiladi