Andijon viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar muomilasini tartibga solishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

03.03.2025 124

Andijon viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar muomilasini tartibga solishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Joriy yilning 28-fevral kuni Andijon viloyatida "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" DM huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi tashabbusi bilan muhim seminar tashkil etildi. Unda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomilasi bilan bog‘liq qonunchilikdagi yangiliklar, normativ hujjatlar hamda ularni amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.

Seminarda 150 nafarga yaqin soha vakillari, jumladan davlat va xususiy tibbiyot muassasalarining rahbarlari, dorixona mudirlari, bosh hamshiralar va boshqa mutaxassislar ishtirok etdi.

Tadbir davomida alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni tibbiyot amaliyotida qo‘llash, to‘g‘ri saqlash, tarqatish va hisobini yuritish, ularning noqonuniy muomalasini cheklash, jismoniy shaxslar tomonidan ulardan foydalanish hamda ularni yo‘q qilish tartibi haqida batafsil tushuntirish berildi.

Shuningdek, tashrif doirasida viloyatdagi tibbiyot muassasalarining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga bo‘lgan yillik ehtiyojlari, ularning miqdoriy hisobini olib borish hamda ushbu moddalarning saqlash sharoitlarini nazorat qilish bo‘yicha o‘rganish ishlari amalga oshirildi. Tekshiruv davomida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.