Mahalliy tadbirkorlar bilan navbatdagi onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi

20.02.2025 104

Mahalliy tadbirkorlar bilan navbatdagi onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi


Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamkorligida navbatdagi onlayn muloqot tashkil etildi.

Unda “DENTAFILL PLYUS” MCHJ tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomalarini amal qilish muddatini uzaytirish uchun taqdim etilgan 43 nomdagi hamda “NOVUGEN PHARMA” MCHJ XK tomonidan ishlab chiqarilgan 6 nomdagi mahalliy dori vositalarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasini berish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek onlayn uchrashuv davomida tadbirkorlar uchun "Darmon" axborot tizimidagi yaratilgan qulayliklar hamda biotexnologik preparatlarni ishlab chiqarishga qo‘yilgan talablar bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tushuntirish berildi.

Tadbirkorlar Markaz faoliyatining shaffofligi va ochiqligini e’tirof etib, sohada olib borilayotgan tizimli islohotlarni yuqori baholadilar.