Sibutramin dori vositasi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritildi
So‘nggi yillarda kuchli ta’sir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni tibbiyot amaliyotida qo‘llash, saqlash, ularning noqonuniy muomalasini cheklash, jismoniy shaxslar tomonidan ulardan foydalanish hamda ularni yo‘q qilish tartiblarini belgilash zarurati vujudga keldi.
Ayni shu maqsadda, alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni tibbiyot amaliyotida qo‘llash va ularning muomalasini tartibga solish, shuningdek, ularni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, olib chiqish va tranzit o‘tkazishda nazoratni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 4 oktyabrda 632-son qarori qabul qilindi.
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi raisi Ismatjon Azizov mazkur qarorning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.