Markazda “MERRYMED FARM” MCHJ korxonasi vakili bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

07.02.2025 406

Markazda “MERRYMED FARM” MCHJ korxonasi vakili bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Kuni kecha Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida “MERRYMED FARM” MCHJ vakili bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Markaz direktori oʻrinbosari Nozim Berdiyev va Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori oʻrinbosari Zafar Toʻxtayev boshchiligida masʼul mutaxassislar ishtirok etdi.

Muloqot davomida korxona tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomalarini amal qilish muddatini uzaytirish uchun taqdim etilgan 68 nomdagi dori vositalari boʻyicha tegishli masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, ekspertlar tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kompaniya vakiliga tushuntirish berildi.

Uchrashuvda muammolarni hamkorlikda bartaraf etish, mahalliy farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish, sifatli va xavfsiz dori vositalarini ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash, ularning xalqaro talablarga javob berishini taʼminlash muhimligi taʼkidlandi.