Retseptsiz beriladigan dori vositalarini ulgurji va chakana realizatsiya qilishda cheklangan savdo ustamalari qoʻllanmaydi

30.01.2025 573

Retseptsiz beriladigan dori vositalarini ulgurji va chakana realizatsiya qilishda cheklangan savdo ustamalari qoʻllanmaydi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni (PF-13-son, 28.01.2025-y.) qabul qilindi.

Unga muvofiq, 2025-yil 1-apreldan boshlab cheklangan savdo ustamalari faqat retsept bilan beriladigan dori vositalari toifasiga nisbatan tatbiq, etiladi. Bunda mahalliy va horijiy dori vositalariga nisbatan amaldagi referent narxni shakllantirish tizimi saqlab qolinadi.

Retsept bilan beriladigan dori vositalari toifasini ulgurji va chakana sotishda ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qatʼi nazar, ulgurji savdo uchun sotib olingan (bazaviy) qiymatidan 15 foizdan va chakana savdo uchun sotib olingan qiymatidan 20 foizdan ortiq, boʻlmagan miqdorlarda ustama qoʻllaniladi.

Ushbu dori vositalarining ulgurji va chakana narxlari cheklangan ulgurji va chakana referent narxlardan yuqori boʻlmasligi shartligi belgilandi.