Metrologiya xizmati tomonidan 2024-yilda 3529 ta oʻlchash vositasi qiyoslandi
SSV Metrologiya xizmatiga kelib tushgan arizalar asosida joyiga chiqqan holda, tibbiyot muassasalaridagi 3529 ta tibbiy oʻlchash vositalari qiyoslash tekshiruvidan oʻtkazildi.
Oʻrganish davomida, meʼyoriy hujjat talablariga muvofiqligi yuzasidan 2593 ta qiyoslanganlik hamda 676 ta attestatsiya guvohnomasi, shuningdek, nomuvofiqligi aniqlangan 260 ta oʻlchash vositasiga yaroqsizlik bayonnomalari rasmiylashtirildi va holat yuzasidan maʼsullarga tegishli koʻrsatma berildi.
Maʼlumot uchun, SSV Metrologiya xizmati 18 pozitsiyadagi oʻlchash vositalarini qiyoslash hamda 6 pozitsiyadagi sinov vositalarini sinovdan oʻtkazish vakolatiga ega.
Murojaat uchun telefonlar:
(+99871) 203-01-01 (ichki 2240 — 2241)