Mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi navbatdagi akkreditatsiya nazoratidan muvaffaqiyatli oʻtdi

15.01.2025 732

Mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi navbatdagi akkreditatsiya nazoratidan muvaffaqiyatli oʻtdi

"Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi" DM Akkreditatsiya komissiyasining 2025-yil 10-yanvar kungi yigʻilishida bir qator akkreditatsiya obyektlarining baholash natijalari koʻrib chiqildi.

Komissiya xulosasiga koʻra, "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" DM Tibbiy mahsulotlarni sertifikatlashtirish markaziy organi Oʻz DSt ISO/IEC 17065:2015 standarti talablariga muvofiq navbatdagi akkreditatsiya nazoratidan muvaffaqiyatli oʻtdi. Hamda 2021-yilning 13-dekabrida rasmiylashtirilgan OʻZAK.MS.0051-son akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi tasdiqlandi.