Yakkasaroy tumanida dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi

06.01.2025 127

Yakkasaroy tumanida dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi

 

Farmreyd: Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tumani boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan M.U. oʻtkazish maqsadida boshqa shaxslardan olib kelgan sifatini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan 300 quti (jami 1 500 dona) “Ferrozal” nomli dori vositasini fuqaro T.A.ga 21 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, uning avtomashinasidan yana 4 quti dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.

 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186³-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.