“YOʻLDOSH OTA GULBAXOR ONA DORIXONASI” XKga tegishli dorixona litsenziyasi bekor qilindi

27.12.2024 552

“YOʻLDOSH OTA GULBAXOR ONA DORIXONASI” XKga tegishli dorixona litsenziyasi bekor qilindi

Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida Shovot tumanida joylashgan “YOʻLDOSH OTA GULBAXOR ONA DORIXONASI” XKga tegishli dorixonaning litsenziya talab va shartlarini buzganlik holati aniqlandi.

Holat yuzasidan “YOʻLDOSH OTA GULBAXOR ONA DORIXONASI” XKga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun 2022-yil 12-avgustda berilgan AA 615-sonli litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" DMning Shovot tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan daʼvo arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi. Hamda  “YOʻLDOSH OTA GULBAXOR ONA DORIXONASI” XKga berilgan litsenziya bekor qilindi.

Amaldagi qonunchilik xujjatlariga muvofiq, mazkur dorixona litsenziyasi tugatilgan dorixonalar manzillari va qonun buzilishlariga bevosita aloqador xodimlar (provizorlar, farmatsevtlar) ning yagona reestriga kiritilganligini maʼlum qilamiz.