Sibutramin dori vositasi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxatiga kiritildi

19.12.2024 533

Sibutramin dori vositasi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxatiga kiritildi

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktyabrdagi 632-son qarori bilan Kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxatiga (roʻyxat raqami 818-son, 27.09.2019-y.)  oʻzgartirish kiritildi.

Unga muvofiq, sibutramin, shuningdek, oʻxshash psixoaktiv taʼsirga ega boʻlgan uning strukturaviy analoglari alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar hisoblanib, ular 2025-yil 1-yanvardan faqat giyohvandlik vositalari va/yoki psixotrop moddalarni saqlash va sotish faoliyati uchun litsenziyaga ega boʻlgan dorixonalar va ijtimoiy dorixonalar orqali ulgurji va chakana realizatsiya qilinadi (sotiladi).

Eslatib oʻtamiz, kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritganlik, shuningdek, tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzganlik uchun qonunchiligimizda maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.