Farmatsevtika sohasini tartibga solish masalalari muhokama qilindi

18.12.2024 140

Farmatsevtika sohasini tartibga solish masalalari muhokama qilindi

16.12.2024 — Farmatsevtika sohasini tartibga solish boʻyicha Oʻzbekiston va Misr Arab Respublikasi oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alisher Temirov, Misr tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirining maslahatchisi Dr. Muhammad Gad, Arab dori vositalari va tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqarish kompaniyasi boshqaruvi raisi Dr. Olfat Ghorab hamda Misr dori vositalari boshqarmasi vakili Dr. Yusuf Hottemi ishtirok etdi.

Muloqotda tomonlar farmatsevtika mahsulotlarini tartibga solish, dori vositalari va tibbiy asbob-uskunalarning xavfsizligini taʼminlash, hamkorlikda tadqiqot olib borish va farmatsevtika sanoatida innovatsiyalarni joriy etish kabi muhim masalalarni muhokama qildi.

Shuningdek, Misr Arab Respublikasining farmatsevtika sanoatidagi ilgʻor tajribasi bilan tanishish, ikki davlat oʻrtasida ilmiy-tadqiqot hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish hamda farmatsevtika mahsulotlari sifati va xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan qoʻshma dasturlarni amalga oshirish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.