Markaz laboratoriyalari EDQM qiyosiy sinovlarida ishtirok etadi

11.12.2024 437

Markaz laboratoriyalari EDQM qiyosiy sinovlarida ishtirok etadi

Oʻzbekiston "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi va Sogʻliqni saqlash va dori vositalari sifati boʻyicha Yevropa direktorati oʻrtasida Markaz laboratoriyalarining EDQM laboratoriyalararo taqqoslash sinovlarida doimiy ishtirokini nazarda tutuvchi bitim imzolandi.

Taʼkidlash joizki, EDQM tomonidan oʻtkaziladigan laboratoriyalararo taqqoslash sinovlarida ishtirok etish markaz laboratoriyalariga, natijalarni belgilangan sharoitlarda etalon namunaning sinov natijalari bilan taqqoslash orqali oʻlchovlarni bajarish sifatini nazorat qilish imkonini beradi.

Shuningdek, mazkur kelishuv umumevropa nazorat laboratoriyalari tarmogʻiga kiritilgan aʼzo laboratoriyalar bilan hamkorlikni mustahkamlash va kelgusida Markaz laboratoriyalarining GEON OMSLʻga aʼzolik maqomini kiritish yoʻlidagi muhim qadam boʻladi.