Tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiya oʻtkazildi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktyabrdagi tegishli qarori bilan, mansabdor shaxslar nazorat qiluvchi organ tomonidan uch yilda kamida bir marta attestatsiyadan oʻtkazilishi belgilangan boʻlib, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi mutaxassislari oʻrnatilgan tartibda attestatsiyadan oʻtkazildi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi 197-son qarori bilan tasdiqlangan Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi muassasalarni qayta tashkil qilish dasturiga muvofiq, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash yoʻli bilan davlat tomonidan boshqarishni taʼminlash "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasiga yuklatilgan.
Oʻzbekiston Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni hamda Savdo - sanoat palatasi maʼsul xodimlari, shuningdek tadbirkorlik subyetki vakili va Markaz rahbariyati ishtirokida boʻlib oʻtgan attestatsiyada Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasidan 11 nafar xodim attestatsiyadan oʻtkazildi.
Taʼkidlash joiz, mazkur attestatsiya Muassasaning tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshiruvchi xodimlar malakasi va professionalligini baholash, shuningdek, ularning nazorat organi faoliyatiga hamda tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshirishga taalluqli qonunchilik talablariga rioya etilishi uchun masʼuliyatini yanada oshirish maqsadida oʻtkazilmoqda.