“NATIONAL MED FARM” MCHJga tegishli dorixona litsenziyasi bekor qilindi

02.12.2024 62

“NATIONAL MED FARM” MCHJga tegishli dorixona litsenziyasi bekor qilindi

Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi tomonidan sifatsiz va qalbakilashtirilgan dori vositalari muomalasiga chek qoʻyish maqsadida oʻtkazilgan nazorat tadbirlaridagi tekshiruvda Toshkent shahar, Mirobod tumanida joylashgan “NATIONAL MED FARM” MCHJga tegishli dorixonaning litsenziya talab va shartlarini buzganlik holati aniqlandi.

Holat yuzasidan “NATIONAL MED FARM” MCHJga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun 2022-yil 28-martda berilgan 671-sonli litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" DMning Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan daʼvo arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori  bilan qanoatlantirildi. Hamda “NATIONAL MED FARM” MCHJga berilgan litsenziya bekor qilindi.

Amaldagi qonunchilik xujjatlariga muvofiq, mazkur dorixona litsenziyasi tugatilgan dorixonalar manzillari va qonun buzilishlariga bevosita aloqador xodimlar (provizorlar, farmatsevtlar) ning yagona reestriga kiritilganligini maʼlum qilamiz.