“Oʻzbekiston farmatsevtik xabarnomasi” ilmiy-amaliy farmatsevtika jurnali hamkorlikka taklif etadi

26.11.2024 474

“Oʻzbekiston farmatsevtik xabarnomasi” ilmiy-amaliy farmatsevtika jurnali hamkorlikka taklif etadi

Sohada faoliyat yuritayotgan hurmatli tadbirkorlar, qadrli mutaxassislar, oʻz faoliyatingizdagi muhim yangiliklar, tadqiqotlar, ilmiy ishlanmalar, xizmatlar va mahsulotlar haqidagi maʼlumotlarni keng jamoatchilikka yetkazish niyatida boʻlsangiz, shoshiling!

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Matbaa boʻlimi "Oʻzbekiston farmatsevtik xabarnomasi" jurnalida eʼlon qilish uchun ilmiy maqolalar qabul qilinayotganligini maʼlum qiladi.

Maʼlumot uchun, ushbu jurnal ommaviy axborot vositasi sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlib, ilk bor 1996-yilda chop etilgan. 2010-yilda jurnalga Milliy Savdo palatasi tomonidan ISSN 2181-0311 — Xalqaro standart seriya raqami berilgan. Shuningdek, mazkur jurnal Oʻzbekiston Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan “Dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar roʻyxati”ga kiritilgan.

Tel: (71) 203-01-01 (ichki 2360 - 2362)