"DVSIM"da 310 seriyadagi dori vositasi tekshiruvdan oʻtkazildi
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tarkibida faoliyat yuritayotgan "Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi"da 310 seriyadagi dori vositasi sertifikatlashtirish ishlari boʻyicha fizik-kimyoviy, mikrobiologik, farmako-toksikologik laborator tekshiruvdan oʻtkazildi.
Meʼyoriy hujjat talablariga javob bermaganligi sababli 2 seriyadagi mahsulotga muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirish rad etildi.
Shuningdek, markazining Tadqiqotlar va izlanishlar boʻlimi tomonidan klinik oldi tadqiqotlarini amalga oshirish maqsadida 7 ta nomdagi dori vositalari qabul qilindi hamda 44 ta nomdagi dori vositalariga klinik oldi tadqiqotlar natijasi boʻyicha hisobotlar shakllantirildi.
Markazga quyidagi raqam orqali murojaat qilishingiz mumkin:
Telefon: (+998) 95 167-71-31
Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Oybek koʻchasi, 45 uy (Lokatsiya)