56 ta tibbiy oʻlchash vositasi qiyoslash tekshiruvidan oʻtkazildi
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Qiyoslash laboratoriyasiga kelib tushgan arizalar asosida joyiga chiqqan holda, tibbiyot muassasalaridagi 56 ta tibbiy oʻlchash vositalari qiyoslash tekshiruvidan oʻtkazildi.
Oʻrganish davomida, meʼyoriy hujjat talablariga muvofiqligi yuzasidan 46 ta qiyoslanganlik guvohnomasi, 6 ta attestatsiya guvohnomasi hamda nomuvofiqligi aniqlangan 4 ta tibbiy oʻlchash vositasiga yaroqsizlik bayonnomalari rasmiylashtirildi va holat yuzasidan maʼsullarga tegishli koʻrsatma berildi.
Sogʻliqni saqlash vazirining 2024-yil 7-oktyabrdagi 313-sonli buyrugʻiga asosan, metrologiya tekshiruvidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tibbiyot uchun moʻljallangan oʻlchash va sinov vositalarining roʻyxatiga muvofiq, oʻrnatilgan tartibda metrologik tekshiruvdan oʻtkazilmagan oʻlchash va sinov vositalarining tibbiyot faoliyatida qoʻllanilishi taʼqiqlanadi.
Murojaat uchun telefonlar:
(+99871) 203-01-01 (ichki 2240 — 2241)