Oʻzbekiston va Hindiston Farmakopeya organlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik yuzasidan fikr almashildi
Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan “Abu Ali ibn Sino – tibbiyot javohiri” III Xalqaro xalq tabobati boʻyicha ilmiy – amaliy anjuman doirasida Oʻzbekiston va Hindiston Farmakopeya organlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish boʻlimi bosh mutaxassisi Azamat Mansurov hamda Hindiston Farmakopeya Komissiyasi kordinatori, professor Said Ziaur Rahman oʻrtasidagi muloqotda sohadagi hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari, farmakopeya standartlarini yanada uygʻunlashtirish masalalari xususida soʻz yuritildi.
Anjuman yakunida Hindiston vakiliga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi 1-nashrining elektron nusxasi sovgʻa sifatida taqdim etildi.