Ohangaron tumanida noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi

24.09.2024 526

Ohangaron tumanida noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi

 

Farmreyd: Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron tumani boʻlimi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar F.M. va N.J. noqonuniy daromad orttirish maqsadida “Vivafer” nomli 826 quti dori vositasini 9 000 AQSH dollari va 40 mln soʻmga sotayotgan vaqtida ushlanib, tadbir davomida jami 829 quti ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186³ - moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.