Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

13.05.2024 1689

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nukus va Qonliko‘l tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda “N.L.” MCHJ dorixonasi  rahbari G.N. va “R.P.H.” xususiy korxonasi dorixona sotuvchisi M.T. fuqarolar B.Ye. va M.Tga 2 turdagi kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini jami 2,8 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Shu kabi, Departamentning Muborak tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “M.I.” xususiy korxonasi dorixona sotuvchisi O.A. fuqaro M.J.ga “Omnadren” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotayotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan 7 turdagi jami 3,1 mln so‘mlik dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Departamentning Qarshi tumani bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.X. fuqaro A.A.ga jami 60 dona “Sibazon” va “Azaleptol” nomli dori vositalarini 1,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.