Bitiruvchi va talaba-yoshlar festivali

08.05.2024 964

Bugun Toshkent farmatsevtika institutida “Bitiruvchi va talaba-yoshlar festivali” doirasida institut rektorining yoshlar bilan uchrashuvi tashkil etildi. 

Tadbirda bitiruvchi yosh mutaxassislarning bandligini ta’minlash, talabalar bilan ish beruvchilarning jonli muloqotini tashkil etish va talabalarning taklif va mulohazalari tinglash maqsadida mehnat yarmarkasi bo’lib o’tdi. Unda “Farmatsevtik mahsulotlar xavfsizligi markazi” davlat muassasasi ham ishtirok etdi. Bitiruvchi-talabalar tomonidan qiziqish uyg’ongan mavjud vakant o’rinlar uchun savolnomalar to’ldirildi. Nomzodlar ma’lumotlari o’rganilib, munosiblari albatta suhbatga chaqirilishi aytib o’tildi.