❗️Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining sohtalashtirilgan tibbiy mahsulot haqidagi №1/2024 sonli ogohlantirishi e'lon qilindi

19.04.2024 1676

Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining sohtalashtirilgan tibbiy mahsulot haqidagi №1/2024 sonli ogohlantirishi e'lon qilindi

Unda JSSTning Sharqiy O'rta yer dengizi mintaqasida muomalada bo'lgan preparatlar tarkibida soxtalashtirilgan “USP/EP propylene glycol” moddasi borligi ma'lum qilindi.

Xabarda aytilishicha, Pokistonning Dori vositalarini tartibga solish organi (DRAP) tomonidan og‘iz orqali yuboriladigan suyuq dori vositalarining potentsial ifloslanish holati o‘rganilganda, ularning tarkibida ("Dow" kompaniyasiga tegishli) qalbakilashtirilgan propilenglikol moddasi bo‘lgan shubhali o’ramlar aniqlangan hamda namunalar Pokiston markaziy laboratoriyasi tomonidan tekshirilgan.

O'z navbatida "DOW" kompaniyasi JSST ogohlantirgan xomashyo soxta ekanligini va bu moddalar kompaniya tomonidan ishlab chiqarilmaganligini tasdiqladi.

Shu o'rinda, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi, hozirgi kunda toza holda va dori vositalari tarkibida yordamchi modda sifatida qo‘llaniladigan propilenglikol, glitserin, sorbitol, polietilenglikol, makragol va boshqa glikollar tarkibida yot modda sifatida uchraydigan EG va DEGlarni aniqlash bo‘yicha ОФС 42 Уз-0015-5346-2023-son “Определение подлинности и количества этиленгликоля и диэтиленгликоля в лекарственных препаратах” umumiy farmakopeya maqolasi tasdiqlanib amaliyotga joriy etilganligini ma'lum qiladi. 

Shuningdek, 2023 yil fevral oyidan boshlab, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan va mamlakatimizga kirib kelayotgan sirop shakldagi dori vositalari tarkibi dietilenglikol (DEG) va etilenglikol (EG) moddalari bo‘yicha chuqur tekshirilib, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bu borada qat’iy nazorat o‘rnatilganligini bildiramiz.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati