Faoliyatni litsenziyalash masalalaridagi shikoyatlarni ko‘rib chiquvchi Apellyatsiya kengashi tarkibi tasdiqlandi

03.04.2024 983

Vazirlar Mahkamasining “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 21-fevraldagi 80-son Qarorining 3-bandida belgilangan vazifani bajarilishini taʼminlash maqsadida "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi direktorining tegishli buyrugʻi qabul qilindi.

Unga muvofiq, Litsenziyalovchi organning litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi, respublika darajasidagi qarorlari yuzasidan kelib tushgan shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha Apellyatsiya kengashi tarkibi tasdiqlandi:

☑️ Kengash raisi - Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori A.Nartayev;
☑️ Kengash raisi oʻrinbosari - Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktorining oʻrinbosari Sh.Abduganiyev;
☑️ Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Tashkiliy nazorat boshqarmasi boshligʻi X.Tadjiyev;
☑️ Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi boshligʻi v.b - O.Kayumova;
☑️ Kengash kotibi - Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Yuridik boʻlim boshligʻi U.Aminov.

Izoh:
Kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgandayoki vaqtinchalik vazifasini bajarmayotganda (xizmat safari, mehnat ta'tili, kasallik va b.) uning o‘rniga tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan vazifasini bajarayotgan xodim kengash tarkibiga kiritiladi.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi matbuot xizmati