Toshkentda 28-xalqaro «Sog’liqni saqlash – TIHE 2024» ko’rgazmasi o'tkaziladi

25.03.2024 420

Toshkentda 28-xalqaro «Sog’liqni saqlash – TIHE 2024» ko’rgazmasi o'tkaziladi

Shu yil 16-18 aprel kunlari "Uzekspomarkaz" milliy ko‘rgazmalar majmuasida ananaviy TIHE ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Bemorlarni davolash va reabilitatsiyasi uchun zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar hamda texnologiyalarni namoyish etuvchi mazkur nufuzli professional platforma quyidagi asosiy bo‘limlarni qamrab oladi:

▪️Tibbiy mahsulot, tibiy texnika, uskunalar;
▪️Laboratoriya;
▪️Stomatologiya va estetik tibbiyot uchun uskunalar va texnologiyalar;
▪️Estetik tibbiyot;
▪️Farmatsevtik ishlab chiqarish uchun uskunalar va texnologiyalar;
▪️Farmatsevtika, biofaol qo‘shimchalar.

✅ Maʼlumot uchun, TIHE ko‘rgazmasi tashkil etilganidan buyon 3000 ga yaqin kompaniya ishtirok etgan bo‘lib, ishtirokchilar geografiyasi deyarli barcha qitʼalarni, jumladan Yevropa, Osiyo, Amerika va Afrikani qamrab olgan.