Tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchi mahaliy va xorijiy korxonalar diqqatiga

12.03.2024 972

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi “Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlar roʻyxatini kengaytirish boʻyicha tajriba loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 322-sonli qaroriga muvofiq, mamlakatimizda 2024-yil 1-fevraldan 2025-yil 31-yanvarga qadar tibbiy buyumlarni raqamli markirovkalashni tajriba loyihasi amalga oshiriladi.

Mazkur tajriba loyihasida koʻngilli ishtirok etuvchi korxonalarga loyiha yakuniga qadar raqamli identifikatsiya kodlari “CRPT TURON” MCHJ tomonidan bepul taqdim etiladi.

Eslatib oʻtamiz, tibbiy buyumlarning ishlab chiqaruvchi korxonalar tajriba loyihasida ishtirok etish uchun qoʻshimcha maʻlumotlarni CRPT TURON” MCHJning ishonch telefoni (71) 203-88-72 yoki “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining Maxsus raqamli markirovkalashni joriy etish boʻlimi (71) 203-01-01 (ichki raqam: 2481) orqali olishlari mumkin.

Tajriba loyihasi doirasida raqamli markirovkalanadigan dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyxati bilan bu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi matbuot xizmati