Adliya vazirligi: “IMUDON” tovar belgisiga nisbatan aniqlangan huquqbuzarlik holati bartaraf etildi

28.02.2024 409

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xabariga ko'ra, “Abbot Products Operations AG” (Shvetsariya) kompaniyasining vazrilikka yo'llagan murojaatida, unga tegishli bo‘lgan “IMUDON” tovar belgisidan noqonuniy foydalanish holati yuzasidan tegishli choralar ko‘rish so'ralgan. 

Murojaat asosida Adliya vazirligi tomonidan  tegishli tartibda MChJ “E.M.P.”ga nisbatan tekshirish o‘tkazilganda “IMUDON” tоvаr belgisiga iste’molchilarni fonetik jihatdan adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan “Aksan Imudon” nomli tabletka shakldagi biologik faol qo'shimcha ishlab chiqarilayotganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan MChJ “E.M.P.”ga nisbatan huquqbuzarlikni bartaraf etish to’g’risida majburiy bo’lgan taqdimnoma kiritililgan va aniqlangan 600 dona kontrafakt mahsulot yo’q qilib tashlangan.