TAYINLOV

31.01.2024 1009

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan, Zafar Shaxatamovich Tuxtayev Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Z.Tuxtayev 2003 yilda Toshkent farmasevtika institutini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Vazirlar Mahkamasining tegishli departamentlarida Sog‘liqni saqlashni rivojlantirish va ijtimoiy muhofaza shoʻbasi, Sog‘liqni saqlash va farmasevtika sanoati shoʻbasi hamda Hududlar sanoat salohiyatini rivojlantirish masalalari shoʻbasida qator mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Xususan, 2022-2023 yillarda Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyatining Sog‘liqni saqlash va sport sohasidagi islohotlarni muvofiqlashtirish shoʻbasi mudiri bo‘lgan. Shundan so‘ng Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Milliy referens laboratoriyasiga rahbarlik qilgan.