Yangiyo’l shahridagi “Ilhom doctor pharm” dorixona litsenziyasi bekor qilindi

29.01.2024 1100

Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi mutaxassislari tomonidan fuqaro murojaati asosida Toshkent viloyati, Yangiyo'l shahri, Oltinobod MFY, Toshkent ko'chasi, 42-uy, 86-xonadon manzilida joylashgan “Ilhom doctor pharm” MCHJga tegishli dorixonada tekshiruv oʻtkazilganda, tahlillar natijasiga koʻra, dorixona sotuv zalida muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlmagan (42 turdagi), shuningdek, davlat ro'yxatidan o'tkazilmagan dori vositalari sotilayotganligi aniqlangan.

Yuqoridagi holat boʻyicha, “Ilhom doctor pharm” MCHJga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyati uchun 2023-yil 8-may kuni berilgan №079886-sonli litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan daʼvo arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi. Hamda “Ilhom doctor pharm” MCHJga berilgan litsenziya bekor qilindi.

Eslatib o‘tamiz, "Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida yagona nizom"ga muvofiq, dori vositalari va tibbiy buyumlarni muvofiqlik sertifikatlarisiz saqlash va (yoki) realizatsiya qilish - faoliyat uchun berilgan litsenziyaning amal qilishi belgilangan tartibda to‘xtatilishiga olib keladigan, litsenziya talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzilishi hisoblanadi.

Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi