Oliy Majlisi Senati ishchi guruhi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizigi markazi faoliyati bilan tanishdi

19.01.2024 922

Joriy yilning 18-yanvar sanasida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʻlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi Odiljon Iminov boshchiligidagi ishchi guruh Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirishga oid vazifalar ijrosini oʻrganish maqsadida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida:

➖ Prezidentning tegishli farmoniga muvofiq, “2022-yil 1-apreldan mahalliy ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqariladigan yangi farmatsevtika mahsulotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish cheklanmagan muddatga amalga oshirishning yoʻlga qoʻyilganligi;

 

➖ "Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi" davlat unitar korxonasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda ishlab chiqarilgan farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish uchun qabul qilingan buyurtmalarga koʻra namunalar tanlashni hududlardagi sertifikatlashtirish organlari ekspertlari orqali amalga oshirishga ruxsat berilganligi;

➖ “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi tomonidan haftada mahalliy va xorijiy dori vositalariga nisbatan belgilangan referent narxlar toʻgʻrisida maʼlumotlar yangilanib borishi, shu narxlardan yuqori boʻlmagan narxlarda davlat xaridlarini amalga oshirilish nazorati;

➖ Oʻzbekiston Respublikasida dori vositalarining postmarketing nazoratini amaliyotga joriy etilganligi; 

 

➖ Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan chakana va ulgurji savdo bilan shugʻullanuvchi dorixonalarda kirim hujjatlari va sifat sertifikati boʻlmagan dori vositalari kirib kelishi va sotilishining oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar (aniqlangan holatlar, koʻrilgan choralar);

➖ Dori vositalarini “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom asosida oʻtkazish holati boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi.