Poytaxtimizda soha tadbirkorlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

12.01.2024 384

Joriy yilning 11 yanvar kuni poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida Xorijiy farmatsevtika kompaniyalari va ishlab chiqaruvchilarining vakolatxonalari assotsiatsiyasi tashabbusi bilan soha regulatorlari va farmkopmaniyalar vakillari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Unda Moliya vazirligi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Soliq va Raqobat qo‘mitasi maʼsullari hamda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Agzam Nartayev boshchiligida markaz mutaxassislari ham ishtirok etishdi. 

 

Uchrashuvda 2024 yilga mo‘ljallangan soliq va byudjet siyosati, 2024 yil 1 apreldan farmatsevtika mahsulotlari aylanmasi va importi bo‘yicha imtiyozlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini bekor qilinishini nazarda tutuvchi qonunchilikdagi o‘zgarishlar yuzasidan mutasaddilar tomonidan batafsil tushuntirish berildi.

 

 

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Agzam Nartayev dori vositalarini xaridorlarga yetub borgunga qadar bo‘lgan jarayon: ishlab chiqarish, yetkazib berish, omborxonada saqlash hamda dorixonada realizatsiya qilish uchun tizimga joriy etilayotgan xalqaro standartlar (GMP, GDP, GPP)ni yurtimizda tadbiq etilishida o‘z vakolatida doirasida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini maʼlum qildi.

Shuningdek, muloqot davomida soha tadbirkorlarining dori vositalariga narx shakllantirish va bunda xalqaro tajribani o‘rganish borasidagi takliflari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berildi.

 Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi matbuot xizmati