Tadbirkorlar bilan muloqot bo'lib o'tmoqda

11.01.2024 1117

Ayni daqiqalarda “Hilton Tashkent City” mehmonxonasida 2024 yilga mo‘ljallangan soliq va byudjet siyosati, 2024-yil 1-apreldan farmatsevtika mahsulotlari aylanmasi va importi bo‘yicha imtiyozlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini bekor qilinishini nazarda tutuvchi qonunchilikdagi o‘zgarishlar yuzasidan Farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda. 

Unda, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi, Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi, Soliq va Raqobat qo‘mitasi ma’sullari bilan birga Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori A.Nartayev ham ishtirok etmoqda.

 

Ma'lumot uchun: 

2024-yil 1-apreldan yurtimizga olib kiriladigan dori vositalari QQS tortiladi

✅ Soliq qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bo‘yicha ayrim imtiyozlar bekor qilindi. 2024-yil, 1-apreldan boshlab, quyidagilar bo‘yicha savdo aylanmasi QQSga tortiladi:

➖ tibbiy xizmatlar;
➖ veterinariya xizmatlari;
➖ dori vositalari;
➖ veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlar.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda quyidagilar QQSga tortiladi:

➖ dori vositalari, 
➖ veterinariya dori vositalari, 
➖ tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlar, 
➖ shuningdek qonunchilikda belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kiriladigan xomashyo.